Shom nomozi
Assalomu alaykum! Shom nomozidan avval masjidga kirganda masjid haqi nomozini o‘qisa bo‘ladimi? Shom nomozidan avval nafl nomozi o‘qib bo‘lmas ekan, lekin masjidga kirganda namoz o‘qish kerakku?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallam har bir masjidga kirgan o‘tirmasidan avval tahiyatul masjid o‘qishga buyurganlar. Yana bir hadislarida ma’lum vaqtlarda mutloq namoz qimaslikka va yana ba’zi vaqtlarda esa farzlar joiz, lekin nafllar o‘qimaslikka buyurganlar. Asr o‘qilganidan keyin shomgacha bo‘lgan vaqt nafl o‘qish joiz bo‘lmagan vaqt hisoblanadi. Shuning uchun u vaqtda masjidga kirgan kishi nafl namozini o‘qimasligi kerak. U vaqtda zikr va tasbehga mashg‘ul bo‘linadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 03:22 | Savol-javoblar | 195 | Namoz