Ish haqqim halolmi?

Assalomu Aleykum! Ustozlar savolim takror bo‘lsa uzur so‘rayman men dori darmon firmasida buxgalter bo‘lib ishlayman. Bu firma dori-darmon sotib 3 oy mudatta qarz yopib berish sharti bilan yopolmagandan keyn kuniga foiz xisoblanib undirib olinadi. Men “sudxo‘rning qolida ishlamayman, bo‘shayman” desam uyimdagilar qarshilik bildirishyabdi. Qanday yo‘l tutsam bo‘ladi? Iltimos maslaxat beringlar ota-onamni ham norozi qilgim yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz Allohni rozi qilish harakatida bo‘ling. Alloh taolo hammani rizqini tayin qilib qo‘ygan. Siz o‘sha rizqni halol yo‘l bilan topishga harakat qiling. Ishingizni tafsilotini aniqlash lozim. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 05:35 | Savol-javoblar | 133 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar