Iftorlik vaqtini kechiktirish

Assalomu alaykum! Bizlar foydalanayotgan taqvimdagi vaqtda og‘izni ochgan durustmi yoki 2, 3 daqiqa o‘tkazib ochishmi?
2. Ro‘zani tutmagan holda ham fidya berib, ham qazosi tutib beriladimi yoki faqat qazosi tutiladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Albatta e’tibor berishingiz kerak. Taqvim chiqarayotganlar tekis erdagi kishilarni e’tiborga olib vaqtni hisoblaydilar. Ko‘p qavatli uylarda va tog‘larda yashovchilar, shahardan balandda yashovchilar turgan joylaridan quyosh botganini ko‘rishlari kerak. Oddiy misol Toshkentni Qozog‘iston bilan chegaradosh Oq-tepa degan joyida shaharning ichida botgan bo‘lib ko‘ringan quyosh u erda 3-4 daqiqalardan keyin to‘liq botgan bo‘ladi. U erda yashovchilar taqvim o‘rniga botgan yoki botmagan quyoshga qarab ro‘zani ochishlari kerak. O‘sha erda yashovchi yaqinlarimizdan biri “taqvimdaga og‘iz ochish vaqti bo‘lganida uyimdan tashqariga chiqib quyoshga qarasam quyoshning bir cheti ko‘rinib turgan edi” deb aytdi. Bu gap to‘g‘ri, chunki u erlar shahardan 30-40 metr balandda joylashgan. 2). Fidya berilmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:25 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar