Savdo bo‘yicha

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir do‘stim tadbirkor.  Unga og‘aynisi sotib berish uchun buyumini tashlab ketdi. Do‘stim og‘aynisiga 150 ming so‘mga sotilib qolar deb, sotiladigan buyumini olib qoldi. Buni qarangki o‘sha buyum 225 ming so‘mga sotildi. Bunaqa vaziyatda buyum egasiga qancha pul beriladi? Agarda 150 ming pul bersa, qolgan 75 ming pul halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Halol emas. Qanchaga sotilganini aytsin, agar sotib berishga haq olish kelishilgan bo‘lsa, o‘sha haqnigina olishi joiz. Yoki nasiya bo‘lsa ham sotib olsin va keyin xohlagan narxida sotsin. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:27 | Savol-javoblar | 137 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar