Ro‘za tutsam qaytarishyapti

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, muborak Ramazon oyi barchamizga muborak bo‘lsin. Savolim mening emizikli farzandim bor. Allohga behisob  shukronalar bo‘lsin men ham farzandim ham qiynalmagan holda ro‘za tutayapman. Bazilar "tutma, mumkin emas, gunoh bo‘ladi" deb meni ro‘za tutishlikdan qaytarishyapti. Ular bu bilan o‘zlari gunohkor bo‘lib qolishmayaptimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ular kim bo‘lishidan qat’iy nazar katta gunohga jur’at qilibdilar. Alloh taolo bir oy farz qilgan amalni “tutma, mumkin emas, gunoh bo‘ladi” deyishida kufrning xavfi bor. Siz Alloh taologa itoat qilib ro‘zani tuting va ularga chiroyli yo‘llar bilan tushuntiring. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh) Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:42 | Savol-javoblar | 139 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar