Qazo namozni iqtido qilish
Assalomu alaykum! Men peshin namozini qazo qildim- asr vaqti kirdi, taxorat olib endi peshinni qazosini o‘qimo‘qchi edim, qo‘shnim asr o‘qisanmi dedi. Men yo‘q peshin qazosini o‘qiman dedi. Menga iqtido qilib namoz o‘qi dedi (ammo u do‘stim asr namozini o‘qimoqchi edi. Men tushuntirdim meni peshin qazoim bor deb, u do‘stim mayli bo‘laveradi, sen niyatni peshin qazo deb iqtido qigin menga dedi. Men asr qilib o‘qiman dedi. Billa jamoat bo‘lib o‘qidim, keyin peshinni qazosini o‘qib olib(billa), asr namozini o‘qishga niyat qildim o‘zim. Savol shu narsa to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. O‘sha iqtido qilib o‘qigan qazo namozingizni qayta o‘qishingiz farz. Erkak kishi ayolga yoki yosh bolaga, tahoratli uzrliga, qori ummiyga, kiyimli yalang‘ochga, imo qilmaydigan imo qiladiganga, farz o‘quvchi nafl o‘quvchiga va bir farzni o‘quvchi boshqa farzni o‘quvchiga iqtido qilmaydi. ("Kifoya" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 07:56 | Savol-javoblar | 155 | Ibodatlar