Vыkupka

Assalomu alaykum! Ustozlar menga bir yaqinim savolini sizlardan so‘rab berishimni iltimos qildi. U kishi ikki yarim yil oldin bir insonga mashina bergan ekan, oyiga 1200$dan 20 oyga. Mashinani olgan odam hozirgi kunda 2800$ berishi qolgan xolos. Qolgan pulni oyma-oy vaqtida berib kelgan. Hozirgi kunga kelib, pulni vaqtida bera olmayapti. Ya’ni pulni berish muddatini kechiktirishini so‘rab keldi, uch marotaba muddatni cho‘zib berdi, ammo puldan darak yo‘q. Mashina egasi qarzdorga «muddatini cho‘zib beraman 2800$ pulni 3500$ qilib berasan desa bo‘ladimi (vaqt ketayotganini evaziga)? Shunday holatda qanday yo‘l tutiladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 2800$ pulni vaqtida qilib bermagani uchun muddatini surgani evaziga 3500$ qilib berasan deyishi, bu aynan sudxo‘rlikning o‘zi. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:24 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar