Tarixdagi kurash tushish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, bir erda eshitib qoldim Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bir odam bilan bellashishdan oldin u odamga o‘yinga nima tikasan degan ekanlar. U odam esa bir molim(qo‘y) bor shuni tikaman meni yutsangiz shu molim sizniki degan ekan. Shu to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tsangizlar. Oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! عن سعيد بن جبير قال : { كان رسول الله صلى الله عليه وسلم بالبطحاء ، فأتى عليه يزيد بن ركانة ، أو ركانة بن يزيد ، ومعه أعنز له ، فقال له : يا محمد هل لك أن تصارعني ؟ قال : ما تسبقني ؟ قال : شاة من غنمي ، فصارعه فصرعه ، فأخذ شاة ، فقال ركانة : هل لك في العود ؟ ففعل ذلك مرارا ، فقال : يا محمد والله ما وضع جنبي أحد إلى الأرض وما أنت بالذي تصرعني ، يعني فأسلم ، فرد عليه النبي صلى الله عليه وسلم غنمه }. إسناده صحيح إلى سعيد بن جبير ، إلا أن سعيدا لم يدرك ركانة . قال البيهقي : وروي موصولا Sa’id ibn Jubayr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Batho degan joyda ekanliklarida huzurlariga Yazid ibn Rukoni yoki Rukona ibn Yazid echkilari bilan birga kelib: “Ey Muhammad men bilan kurashga tushasizmi” dedi. U zot “Nima tikasan” dedilar. “Podamdan bitta echkini” dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u bilan kurashga tushib uni mag‘lub qildilar va echkisini oldilar. Shunda Rukona “Qayta kurashga tushasizmi” dedi. Bir necha bor shunday qildi va oxiri : “Ey Muhammad Allohga qasamki hech kim meni kuragimni erga tekkaza olmagan edi. Siz ham meni yiqitadigan emasdingiz”(Ya’ni siz haqiqiy payg‘ambar bo‘laganingiz uchun meni yiqitdingiz) deb Islomga kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unga echkilarini qaytarib berdilar". Abu Dovud, Bayhaqiylar shu ma’noda imom Termiziy ham hadis rivoyat qilganlar. Bu erdagi o‘rtaga echki tikish qimorga kirmaydi. Chunki qimor bo‘lishi uchun ikki tomondan tikilgan bo‘lishi shart. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:27 | Savol-javoblar | 191 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar