Shahid ketish

Assalomu alaykum! Aytishlaricha, agar kimdir vafot etishi bilanoq qulog‘idan yoki burnidan qon oqib chiqsa, bu inson shahid sifatida bu foniy dunyoni tark etgan bo‘larmush. Bu gap qanchalik haqiqatga yaqin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu haqida dalil yo‘q. عَنْ عَبْدِ اللَّهِ بْنِ بُرَيْدَةَ ، عَنْ أَبِيهِ ، رَضِيَ اللَّهُ عَنْهُ ، قَالَ : قَالَ رَسُولُ اللَّهِ ، صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : مَوْتُ الْمُؤْمِنِ بِعَرَقِ الْجَبِينِ Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam : “Mo‘min kishi peshonasidan ter chiqib vafot topadi” dedilar". Bazzor rivoyati. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 190 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar