Javobni tushunmadim

Assalomu alaykum! Yaqinda bir savol javobni o‘kib qoldim. Unda bir oshxonada six kabob (shashlik)ni tayyorlashdan oldin dimlab qo‘yishar ekan. Ya’ni qiymalangan mol go‘shtiga ziravorlar bilan birgalikda aroq ham aralashtirishib, go‘shtni dimlab qo‘yishar ekan. Shunda six kabob mazali va muloyim bo‘lib pishar ekan. “Hurmatli Ustoz, mana shunday holatda six kabob halol hisoblanadimi yoki harom” deyilganda, “Aroq qo‘shilgan narsa nima bo‘lsa o‘sha bo‘ladi” deb javob berilgan ekan. Shu javobga tushunmadim. Bu bilan uni esa halol bo‘ladi deyilyaptimi? Ilmsizligim uchun uzr so‘rayman. Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aroq qanday harom bo‘lsa u quyilgan narsalar ham o‘sha kabi harom bo‘ladi deyilmoqda. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 10:29 | Savol-javoblar | 156 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar