G‘usldagi farz amal
Assalomu alaykum! G‘usldagi farz amallardan biri burunga achishguncha suv tortish. shubhasiz Allox taolo behikmat ish qilmagay. Beradigan savolim shu ediki. Burun achishguncha 3 marta suv tortilishining inson sog‘lig‘iga qanday foydasi bor? Bu haqda hadislar bo‘lsa yoki olimlarimizning tekshiruv natijalari bo‘lsa javobingizda keltirsangiz. Alloh barchalarimizni suyukli bandalari qatorida qilsin!!!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! G‘uslda burunning yumshog‘igacha suv tortish farz, achishguncha suv olish esa mustahabdir. Insonlarda, doktorlar tili bilan aytganda yuqumli kasalliklarga olib boruvchi bakteriyalar og‘iz va burun bo‘shlig‘iga to‘planar ekan. Ya’ni har nafas olganida burun va og‘iz bo‘shlig‘iga bakteriyalar to‘planar ekan. Har tahorat va g‘usl olganda o‘sha bakteriyalar yuvilib tushadi. Qancha mubolag‘a bilan yuvsa, shuncha ko‘p tozalanadi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:37 | Savol-javoblar | 151 | Dolzarb savollar