Payg‘ambarimiz ismlari zikr qilinganda oldiga qimirlab qo‘yish
Assalomu alaykum! Ustozlar, men "Tarixiy Muhammadiya" kitobini o‘qib chiqdim. Nasib qilsa Rabiul avval oyida o‘rgangan siyratimni og‘aynilarim va mahalla kuydan katta odamlarga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan oylariga mavlud o‘rnida siyratlarini dars qilsak bo‘ladimi? Ba’zilar duo vaqtida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ismlari tilga olinganda qimirlab qo‘yish kerak deyishadi. Shunday qilish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Qimirlab qo‘yish emas salovat aytish kerak. قَالَ اللهُ تَعَالَى: إِنَّ اللَّهَ وَمَلَائِكَتَهُ يُصَلُّونَ عَلَى النَّبِيِّ يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا صَلُّوا عَلَيْهِ وَسَلِّمُوا تَسْلِيمًا Alloh taolo:
«Albatta, Alloh va Uning farishtalari Nabiyga salovot ayturlar. Ey iymon keltirganlar! (Siz ham) unga salovot ayting va salom yo‘llang», degan («Ahzob» surasi, 56-oyat).
Ushbu oyati karima Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallamning qadr-qimmatlari Alloh taoloning huzurida qanchalar ulug‘ ekanini yana bir bor ko‘rsatmoqda. Boshqa birov emas, hatto Alloh taoloning O‘zi Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishi ta’kidlanmoqda. Arab tilida «salovot» so‘zi «salot»ning jami bo‘lib, «duo» ma’nosini anglatadi. Arabchada namoz ham «salot» deyiladi. Chunki namozda ham duo ma’nosi bor. Ammo «salot» Alloh taolo tomonidan bo‘lganida «duo» ma’nosini yo‘qotadi.
Alloh taoloning Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishi u zot sollallohu alayhi vasallamga O‘z rahmatini yuborishi, ulug‘lashi, maqomlarini ko‘tarishi va farishtalar huzurida sha’nlariga maqtovlar aytishini anglatadi.
Farishtalarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishlari u zoti bobarakotning haqlariga duo qilishlari, istig‘for aytishlari ma’nosida bo‘ladi.
Mo‘min-musulmonlarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishlari esa ular tomonidan bo‘lgan duo va ulug‘lash ma’nosidadir.
Demak, Alloh taolo doimo Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga O‘z rahmatini yuborib, u zot sollallohu alayhi vasallamdan rozi ekanini bildirib, u zot sollallohu alayhi vasallamga maqtovlar aytib turar ekan.
Farishtalar ham u zot sollallohu alayhi vasallamga Allohdan rahmat, salomatlik, rozilik so‘rab duo qilib turishar ekan.
Oyati karimada ta’kidli xabardan keyin mo‘minlarga:
«Ey iymon keltirganlar! (Siz ham) unga salovot ayting va salom yuboring», deb amr qilinmoqda.
Bu amrga binoan, har bir mo‘min uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish va salom yuborish farz bo‘lib qoladi. Bu xususdagi bahslarda ulamolarimiz «Umr davomida bir marta yoki har bir majlisda bir marta yoki u zot sollallohu alayhi vasallamning nomlari har zikr qilinganida bir marta salovot aytish kerak», deganlar.
Amalda esa oxirgisi – har doim nomlari zikr qilinganida salovot aytish urf bo‘lgan. Alloh taolo Qur’oni Karimda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishni amr qilgan ekan, bu salovot qanday qilib aytiladi, degan savol paydo bo‘lishi tabiiy. Jumladan, ushbu oyat nozil bo‘lganidan keyinoq sahobai kiromlarda xuddi shu savol paydo bo‘lgan.
Ba’zi kishilarda «Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga Alloh taoloning O‘zi salovot aytib tursa, Uning farishtalari salovot aytib tursa, mo‘minlarning salovotiga nima hojat bor?» degan savol paydo bo‘lishi ham mumkin.
Bu muhtamal savolga javob shu: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning mo‘minlarning salovotlariga ehtiyojlari yo‘q. Balki mo‘minlar u zotga salovot aytishga muhtojdirlar. Ular ushbu salovotlari ila Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamni ulug‘lab, savob oladilar. Duolari qabul bo‘ladi. Murodlariga etadilar.
Imom Ahmad ibn Hanbal va Imom ibn Mojalar rivoyat qilgan hadisda Omir ibn Robi’aning otalari quyidagilarni aytadilar:
«Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning «Kim menga salovot aytsa, farishtalar unga ham menga aytgan salovotining barobarida salovot aytib turadilar. Banda salovotni xohlasa, oz aytsin, xohlasa, ko‘p», deganlarini eshitdim».
Qur’on tilovati va Allohning zikridan keyin Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytish eng savobli ishlardan hisoblanadi. Chunki bu narsa Alloh taoloning amri. Shuning uchun ham namozning tashahhudida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga salovot aytiladi.
Imom Shofe’iy:
«Tashahhudda Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytilmasa, namoz namoz bo‘lmaydi», deganlar.
Imom Nasaiy va imom Ahmad ibn Hanballar rivoyat qilgan hadisda Abu Tolha roziyallohu anhu quyidagilarni aytadilar:
«Bir kuni Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam yuzlaridan quvonch balqigan holda keldilar. Biz: «Yuzingizda quvonch ko‘rmoqdamiz?!» dedik.
U zot sollallohu alayhi vasallam:
«Chunki huzurimga farishta kelib, «Ey Muhammad, albatta, Robbing aytur: «Kim senga salovot aytsa, albatta, Men unga o‘n marta salovot aytishim, kim senga salom aytsa, Men unga o‘n marta salom aytishim seni rozi qilmaydimi?» dedi», deb xabar berdilar.
Ushbu ma’nodagi hadisi shariflar juda ham ko‘pdir. Asrlar davomida musulmonlar ushbu oyatga va hadislarga chin ixlos bilan amal qilib kelmoqdalar. Namozlarida o‘z Payg‘ambarlari sollallohu alayhi vasallamga salovot aytmoqdalar. U zoti bobarakotning nomi shariflari zikr etilishi bilan salovot aytishga shoshiladilar. Ahli solih kishilarning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamga salovot aytishdan iborat kundalik vazifalari ham bor.
Aksincha, Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning nomlari zikr qilinganda u zotga salovot aytmaslik musulmonlarning nadomatga yo‘liqishlariga sabab bo‘ladi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning o‘zlari Imom Termiziy va Imom Nasaiylar rivoyat qilgan hadisda:
«Kimning huzurida men zikr qilinsam-u, u menga salovot aytmasa, o‘sha odam baxildir», deganlar.
Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning muborak nomlari zikr etilganida u zot sollallohu alayhi vasallamga salovot aytmaslik nihoyatda yomon ishdir. عَنْ أَبِي حُمَيْدٍ السَّاعِدِيِّ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّهُمْ قَالُوا: يَا رَسُولَ اللهِ، كَيْفَ نُصَلِّي عَلَيْكَ؟ قَالَ: قُولُوا: اللَّهُمَّ صَلِّ عَلَى مُحَمَّدٍ وَأَزْوَاجِهِ وَذُرِّيَّتِهِ كَمَا صَلَّيْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ، وَبَارِكْ عَلَى مُحَمَّدٍ وَأَزْوَاجِهِ وَذُرِّيَّتِهِ كَمَا بَارَكْتَ عَلَى آلِ إِبْرَاهِيمَ إِنَّكَ حَمِيدٌ مَجِيدٌ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Abu Humayd as-So’idiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ba’zi odamlar:
«Ey Allohning Rasuli, sizga qanday salovot aytamiz?» dedilar.
U zot:
«Allohumma! solli ’ala Muhammadin va azvojihi va zurriyatihi, kama sollayta ’alaa oli Ibrohiym. Allohumma! barik ’alaa Muhammadin va azvojihi va zurriyatihi, kama barokta ’alaa oli Ibrohiym. Innaka hamiydum-majiyd», deb ayt», dedilar.
Uchovlari rivoyat qilganlar. ("Hadis va Hayot" kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Aprel 2022, 20:05 | Savol-javoblar | 166 | Ruhiy tarbiya