Kim birinchi salom beradi?

Assalomu alaykum, hurmatli Shayx Hazratlari! Hozirgi vaqtda uyga erim kelganda u birinchi salom beradi, keyin men salom beraman. Keyin u alik oladi, keyin men alik olaman. Uning fikricha, uyga u kelganda men birinchi salom berishim kerak, chunki men uning xotiniman, yoshim kichkina va uyda "men borman". Mening fikrimcha, u uyga salom berib kishishi kerak, chunki erkak kishi eshikdan ahliga salom berib kirishi kerak va men "Xush keldingiz" kabi so‘zlar bilan kutib olishim kerak. Shu muammo bo‘lib turibdi. U faqat uyda hechkim bo‘lmasa salom berib kirarmish. Ammo uyga salom berib kirsa, men alik olsam “nimaga salom bermadingiz” deb jahli chiqadi. Shunga u salom berib kiryapti, men salom beryapman va u alik olyapti va men... Savolim: Er uyga kirganda, er birinchi salom beradimi yoki xotin?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bu masalada siz haqsiz.

26 May 2022, 18:15 | Savol-javoblar | 165 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar