Yazid ibn Mouoviya va imom Husayn roziyallohu anhu

Hurmatli Shayh Hazaratlari. Sizga bir savol bilan murojaat etmoqchi edim. Hozirda xorijiy davlatda asli Iroqli bo‘lgan odam bilan bir uyda yashayapman. Shiya mazhabiga mansub ekan. Yaqinda imom Husayn roziyallohu anhuning qatli haqida gap chiqdi. Iroqli odamning gapiga garaganda, Yazid ibn Mouoviya davrlarida adolatsizlik kuchayib ketgan. Bu adolatsizlikka qarshi imom Husayn roziyallohu anhu chiqadi va shu adolatsizlik uchun kurash davomida Yazid ibn Mouoviya amriga ko‘ra qatl etiladi. "Zikr ahlidan so‘rang" sahifasiga kirib, bu haqda ma‘lumot qidarsam, faqat quyidagi javobni topdim:Ahli Sunna va jamoa mazhabida ma’lum shaxs va hayvonni la’natlab bo‘lmaydi. Chunki la’nat Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishni tilab duo qilishdan iboratdir. Yazid ibn Mouoviyaning la’natlab bo‘lmasligi, imom Husayn roziyallohu anhuni u qatl qilmagani ma’lum. Qatlga amr qilgani haqida ham hujjat yo‘q. Shuning uchun, biz ham ma’lum shaxslarni, hatto ha’vonlarni ham la’natlmasligimiz kerak. [url=https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topi’=9793.0]https://savollar.islom.uz/smf/index.php?topi’=9793.0[/url]Yuqoridagi javobga ko‘ra, Yazid ibn Mouoviya imom Husayn roziyallohu anhuni qatl qilmaganlar. Islom.uz saytidan va boshqa ishonchli saytladan bu haqda qo‘shimcha ma‘lumot qidirdim. Ammo topa olmadim. Internetda bu haqda ingliz tilida ma‘lumot juda ko‘p. Lekin ishonchli bo‘lmasligi mumkin. Yazid ibn Mouoviya davrlarida adolat masalasi qanday bo‘lgan, bunday ixtiloflarning kelib chiqishiga nima sabab bo‘lgan? Shu haqda ishonchli ma‘lumotni qaerdan topish mumkin? Javobingiz uchun oldindan rahmat!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zbekchada bilmadim.

27 May 2022, 04:49 | Savol-javoblar | 153 | Siyrat va tarix
|
Boshqa savol-javoblar