Ayol kishi xizmat o‘tashi?

Assalomu alaykum! Singlim sportchi terma jamoa azosi. Juda xam ko‘p safarda bo‘ladi. Otamga ayganman maxramsiz yuborib bo‘lmaydi uzoq vaqt begona yurtlarga deb quloq solishimagan. Bunisi etmaganday endi milliy gvardiyadan ishga taklif qilishyapti. Nomaxram erkaklar bilan ishlash joizmas desam ko‘nishmayapti. Shunga nasixat qilinglar zora fikirlari o‘zgarsa.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Ayol kishi mahramsiz safarga chiqishi joiz emas. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Allohga va oxirat kuniga iymon keltirgan ayolga uch kecha va kunduzlik masofaga mahramsiz safar qilish halol emas” deganlar.2). Shariatimiz ayollarning ishlashini ta’qiqlamaydi. Faqat ish jarayonida satri avratda bo‘lishi, nomahramlar bilan yolg‘iz qolmasligini, ibodatlardan qolib ketmasligi, ish tufayli erning haqlarini poymol qilmaslikni shart qiladi. Vallohu a’lam!

27 Iyul 2022, 09:11 | Savol-javoblar | 132 | Ayollarga oid masalalar
|
Boshqa savol-javoblar