Buxgalteriya va kredit

Assalomu alaykum! Men Firma buxgalteri bo‘lib ishliman. Ba’zida shunday vaziyat bo‘ladiki bizning firmamizdan tovar sotib olmoqchi bo‘lgan haridorlar bankdan oladigan krediti orqali bizga pul tashashadi. Ya’ni xaridor bizning firma bilan shartnoma tuzadi va bankga taqdim qiladi, bank esa kredit summasini bizning firma hisobiga tashlab beradi. Men shu shartnomani bersam bo‘ladimi? U insonning kreditiga sherik bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Savdo narxini kredit olib to‘lash niyatidagi xaridorlar bilan shartnoma tuzmang. Aks holda ular qo‘l uradigan riboning gunohiga sherik bo‘lasiz. Vallohu a’lam!

3 Sentabr 2022, 18:52 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar