Atayin vaqt cho‘zish
Assalomu alaykum! Men musofirchilikda. Rossiyada ishlayman, ishimiz sharnomada 18:00 gacha boshqa narx, 18:00 keyin ishlagan soatimizga boshka narx to‘lanadi. Qastdan vaqitni cho‘zib, ishlab ishlamay vaqt o‘tkazib xaq olish joizmi(xalolmi)? Men sheriklarimga aytib tushuntirolmadim. Sizlarni javobingizni ko‘rsatardim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishchi kelishuvda belgilangan vazifani belgilangan vaqtda bajarishi zimmasidagi vojibdir. Uni bajarishda xatoga yo‘l qo‘yish, beparvolik qilish yoki haddidan oshishi shar’an joiz emas. Bunday holatda yo‘l qo‘ygan kamchiligi miqdoricha oylik maoshi halol bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
13 Sentabr 2022, 17:15 | Savol-javoblar | 125 | Halol va harom