Ayollar ko‘rinsa bo‘ladimi?

Assalomu alaykum! Biz ilm olish va kitob o‘qishni targ‘ib qiladigan bir loyihaga asos solgan edik. Jamoadagi qizlarimizning intervyu yo video murojaatlar uchun kamera bilan ishlashlari kerak bo‘lsa bu shariatimizda mumkinmi? Va agar mumkin bo‘lsa qanday tartibda qizlarning yuzi kameraga chiqishi mumkinligi haqida batafsil o‘rgatsangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Axloq va shariatga muvofiq holda chiqsa, zarari yo‘q. Vallohu a’lam!

20 Sentabr 2022, 23:19 | Savol-javoblar | 119 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar