Firma orqali avtomobil sotish
Assalomu alaykum! Men shaxsiy avtomobilimni sotmokchiman. Xozirgi kunda muddatli to‘lov xizmatini yaratib beruvchi, bank bilan ishlaydigan kompaniyalar bor ekan. Ular sizning avtomobilingizni o‘zini shourumiga qo‘yadi va mashinaga xaridor topilsa kompaniya bankka aloqaga chiqadi. Bank esa mashinani mendan sotib oladi va xaridorga muddatli to‘lov-kreditga sotadi, taxminan mijozdan summaning 20-30% ini oldindan oladi. Shu shaklda men avtomobilimni bankka sotsam bo‘ladimi? Xa to‘g‘ri, men bankni kay yo‘l bilan mashinani mijozga sotishini bilaman. Agar mendan xarid qilayotgan taraf u maxsulotdan noto‘g‘ri yo‘lda qayta sotsa men shuni bila turib unga sotishim joizmi? Ma’lumki, bunday savdo xozir xalq ichida juda ommalashgan. Bir taraf xalol molini boshqa bir topish tutishi (masalan bank yoki menga ma’lum bo‘lgan bir o‘g‘ri kimsa) shubxali yoki xarom bo‘lgan tarafga sotishi mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Halol emas. Ribaviy shartnoma bilan sotishini bilib turib bunga yordam bergan va gunohiga sherik bo‘lgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
7 Oktabr 2022, 11:44 | Savol-javoblar | 105 | Moliya va tijorat