fitrat va tabiylikning asli moxiyati nima

Assalomu alaykum! Hurmati Ustoz.Bilolmayotganim quydagi muhum savollarimga echim topishda yordam bersangiz.1-savol Fitrat so’zining asl manosi va mohiyati nima?2-savol Ko’pincha insonlar haqida gap ketganda undagi hislatlarni tabiy yoki tabiatan shunday degan so’z bilan ifodalanadi. Bu erdagi tabiy kuch nimaga dololat qiladi? Tabiylik deganini asli manosi nima? 3-muhum savolTabiylik haqidagi o’zimni tushuncham. Men tabi’iy deganda hechkim o’zgartirolmaydigan qonuni tushunaman, yani bir narsani tabiy deyilsa bu narsani o’zgartirib bo’lmasligini tushunaman va nimaga bu tabiy deyman. Men hamma narsani o’zgartirishni iloji bo’lisin, hech narsa tabiylik bilan mustahkam qolmasin, M: men birkun boshqa odam felida bo’lsam ertaga boshqa odam felida indinga yana boshqa hulas chegara bo’lmasligi kerak deb o’ylayman. Bunday o’ylashimga asosiy sabab. Agarda buday bo’lmasa, yaniy bazi tabiyliklarni o’zgartirishni iloji bo’lmasa, <<tabiylikni o’zi joriy qilgan bo’lsa ham harnarsadan ustun va har narsadan buyuk bo’lgan zot Alloh taoloning o’zi bazi tabiyliklar oldida ojiz bo’lib qoladi>> degan fikrga kelib qoldim. Bu mantiqsizlikni eng katta axmoqligidir. Ammo bu fikrni ketgazib bo’lmayapti. Tabiylikning asil mohiyati nimada?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
«Fitrat» degani, sof tabiat, dinni to‘g‘ri qabul qilishga bo‘lgan iste’dod, deganidir. Tabiat so‘zi bir narsaning asl yaratilishi va o‘zgarmay turadigan holati degan mahnoni bildiradi. Alloh taolo O‘zi yaratgan narsalarga bergan asl xususiyatni ham tabiat deyiladi. Bunday bo‘lib, o‘zgarmay turish Alloh taolo yaratgan asl holatga tegishli. Ammo bandaning qilgani o‘zgarib turadi. Chunki, banda ojiz va uning qilgan narsasi ham o‘ziga o‘xshash ojiz bo‘ladi. Agar Alloh yaratgan narsalar ham tinmay o‘zgarib turadigan bo‘lsa, borilqda subut qolmaydi. Alloh taoloning yaratgan narsalari o‘zgarmay turishning o‘zi Allohning qudaratining dalolatidir. Shu bilan birga Alloh taolo istagan paytida O‘zi yaratgan narsalarni istagan tarafga o‘zgartirishi mumkin. Chunki Alloh taoloning qudratining cheki yo‘q. Siz o‘ylagan kabi Alloh ojiz bo‘lib qolmaydi.Sizning bu kabi o‘ylashingiz juda ham noto‘g‘ri. Bu kabi o‘ylash kerak emas. Balki, o‘qish, o‘rganish kerak. Hamma o‘zicha o‘ylayversa, nimalar bo‘lmaydi deysiz. Siz o‘zingizdagi foydasiz fikrlarni yig‘ishtirib, o‘rganishni yo‘lga qo‘yishingiz kerak. Bizning diynimiz tahlimotlarida siz o‘ylayotganga o‘xshash narsalarga o‘rin qolmagan.

30 Aprel 2022, 01:06 | Savol-javoblar | 182 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar