Tajviddan savol

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Abasa surasi 16-oyatning yozilishi  «kiroomi baroroh» bo‘lsada, qiroatda  «kiroomimbaroroh» (mim orttirib) deb talaffuz qilinmoqda. Bunday qiroat qilinishining boisi nima?
Al- axiriyn so‘zi nega al- aaxiriyn (ikki harakat cho‘zib) deb talaffuz etiladi? Savollarimga tajvid kitoblaridan javob topa olmadim, iltimos, shularni batafsilroq tushuntirib bersalaringizlar.  Savollarimda xatolik bo‘lsa, ma’zur tutinglar!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1. "Kiroomim baroroh" aslida "kiroomin baroroh" bo‘lib, bu erda tanvin "ba" harfiga yo‘liqyapti. Qoida bo‘yicha, sukunli nun yoki tanvin "ba" harfiga yo‘liqsa, "iqlob" qilib, ya’ni "nun" ni "mim" harfiga almashtirilib g‘unna bilan o‘qiladi. 2. "Aaxiriyn" kalimasi aslida "a’xiriyn" ya’ni birinchisi harakatli, ikkinchisi sukunli bo‘lgan ikkita hamzali kalima bo‘lgan. Bu erda badal qoidasi bo‘lib, ikkinchi sukunli hamzani birinchi harakatli hamzani harakatiga mos mad harfiga almashtiriladi. Bu erda ikkinchi hamza birinchi hamzaning harakati (fatha) ga mos bo‘lgan alifga almashtiriladi. Natijada "a’xiriyn" kalimasi "aaxiriyn" bo‘lib qoladi. "Aaxiriyn" deb cho‘zilishining sababi, badal madi bo‘lganligi uchun. Badal mad, tabiy mad sirasiga kiradi va u ikki harakat miqdorida cho‘ziladi. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 08:24 | Savol-javoblar | 162 | Qur’oni karim
|
Boshqa savol-javoblar