Namozda oldini kesib o‘tish

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar namoz o‘qiyotgan kishi oldidan kesib o‘tish gunoh, lekin katta masjidlarda namozdagi kishining sajda o‘rni tashqarisidan o‘tishga ulamolar ruxsat berishgan degan javobni o‘qidim. Shu katta masjid bilan kichik masjidni qanday ajratamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bizdagi masjidlar kichik masjid hisoblanadi. Masjidul Harom kabilar katta masjidlardir. عَنْ بُسْرِ بْنِ سَعِيدٍ: أَنَّ زَيْدَ بْنَ خَالِدٍ أَرْسَلَهُ إِلَى أَبِي جُهَيْمٍ يَسْأَلُهُ مَاذَا سَمِعَ مِنْ رَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْمَارِّ بَيْنَ يَدَيِ الْمُصَلِّي، فَقَالَ أَبُو جُهَيْمٍ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «لَوْ يَعْلَمُ الْمَارُّ بَيْنَ يَدَيِ الْمُصَلِّي مَاذَا عَلَيْهِ لَكَانَ أَنْ يَقِفَ أَرْبَعِينَ خَيْرًا لَهُ مِنْ أَنْ يَمُرَّ بَيْنَ يَدَيْهِ». قَالَ أَبُو النَّضْرِ: لَا أَدْرِي أَقَالَ أَرْبَعِينَ يَوْمًا أَوْ شَهْرًا أَوْ سَنَةً Busr ibn Sa’iddan rivoyat qilinadi: «Zayd ibn Xolid uni (Busrni) Abu Juhaym roziyallohu anhuning oldiga namozxonning oldidan o‘tuvchi kishi haqida Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan nima eshitganini so‘rashga jo‘natdi. Abu Juhaym: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Agar namozxonning oldidan o‘tuvchi kishi o‘ziga nima (gunoh) bo‘lishini bilganida edi, (namozxonning) oldidan o‘tishdan ko‘ra qirq (yil, oy, kun) to‘xtab turish uning uchun yaxshiroq bo‘lar edi», dedilar». Abu Nazr (hadisni Busrdan rivoyat qilgan roviy:) «Qirq kun» dedimi, yoki «oy», yo «yil»mi, bilolmadim», degan. (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar