Nikohsiz homila…

Assalomu alaykum! Avvalo savollarimga beminnat javob berayotganlaringiz uchun tashakkur! Mazkur savolni bir tanishimning iltimosiga ko‘ra yo‘llayapman. Xullas o‘sha tanishimni bir og‘riqli savol qiynayotgan ekan. U bundan 10 yil oldin turmush qurgan. Eri bilan ZAGSdan o‘tishgan, to‘y bo‘lgan, ammo ayrim sabablarga ko‘ra shar’iy nikoh o‘qilmagan va ular tabiiyki qovushishgan. Taxminan 3-4 oy o‘tgandan keyin ayol homilador ekanini bilib qolgan. shunda qo‘yarda qo‘ymay eriga domla toping bunaqa yashab bo‘lmaydi, homiladorman lekin hali nikohimiz o‘qilmagan degan. shundan so‘ng domla topishib er-xotinga nikoh o‘qilgan. Chaqaloq nikohsiz bo‘lganda paydo bo‘lgan lekin nikoh o‘qilgandan keyin dunyoga kelgan. Ayting-chi, bu bola nikohsiz tug‘ilgan, ya’ni VALADI ZINO hisoblanadimi? Agar shunday bo‘lsa, bu vaziyatni to‘g‘rilash uchun biror amal bajarilishi kerakmi? shular xususida ma’lumot bersangizlar? Javob uchun oldindan rahmat!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ota-ona qattiq tavba qilishi kerak. Farzandda hech qanday ayb yo‘q. Tarbiyasini go‘zal qilishga harakat qilish kerak. Vallohu a’lam!

30 Aprel 2022, 15:30 | Savol-javoblar | 241 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar