etiqod
SHAYX janoblari aqida kitobida ALLOHni qo‘li deb kelgan joyida qo‘lini tushunamiz(etiqod qilamiz),ammo kayfiyat bermaymiz deyilgan ekan.tafsirda ALLOHning qo‘lidan murod ALLOHni rahmati deyilibdi. qo‘lini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘li deb etiqod qilish to‘g‘rimi?... qo‘lidan murod raxmatimi yoki qo‘limi? dalillari bilan tushuntirasiz degan umiddaman.oldindan raxmat.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- «Sunniy aqiydalar» kitobini o‘qiganingizda buni allaqachon anglab olgan bo‘lar edingiz.ALLOHNING SAFATLARI VA SALAFLARAsmoul husna - go‘zal ismlar to‘g‘risidagi oyat va hadislar musulmonlarning katta ehtimomlariga sazovor bo‘lgan. Ularning ichidan birinchilardan bo‘lib Alloh taoloning ismlari va sifatlarini aqoid ilmi ulamolari chuqur o‘rganganlar. Aqoid ulamolarining barchasining – eskilarining ham, yangilarining ham, salaflarining ham, xalaflarining ham bu izlanishdan maqsadlari bitta – Alloh taoloni noloyiq sifatlardan poklash bo‘lgan.Shu erga kelganda «salaf»lar deyilganda lug‘atda o‘tganlar, istilohda birinchi uch asrda o‘tgan musulmonlarni tushunish lozimligini aytib qo‘ymog‘imiz kerak.Salaflarning arab tilini bilish va diniy e’tiqod darajalari oliy maqom bo‘lganini hamma juda yaxshi biladi. Buning ustiga ularning vaqtida turli ixtiloflar, firqalar, falsafalar bo‘lmagan, bo‘lsa ham kuchsiz va ta’sirsiz bo‘lgan. Shuning uchun ham ular boshqa ilmlar kabi aqoid ilmida ham turli urinishlarga muhtoj bo‘lmaganlar.Imom Abu Hanifa rahmatullohi alayh o‘zlarining «al-Fiqhu al-Akbar» nomli kitoblarida quyidagilarni aytadilar:«U zot o‘z maxluqotlaridan hech narsaga o‘xshamaydi. U zotga Uning maxluqotlaridan hech narsa o‘xshamaydi. U zotning safatlarining barchasi maxluqlarning sifatining xilofidir. U zot bizning ilmimizga o‘xshamas ilm bilan biladi. U zot bizning qudratimizga o‘xshamas qudrat ila qodir bo‘ladi. U zot bizning ko‘rishimizga o‘xshamas ko‘rish ila ko‘radi. Alloh taolo Qur’onda yuz, qo‘l va jonni zikr qilgan bo‘lsa, ular U zot uchun kayfiyati yo‘q sifatlardir».Imom Buxoriyning shayxi Nu’aym ibn Hammod al-Xuzo’iy quyidagilarni aytgan:«Kim Allohni U zotning maxluqotlariga o‘xshatsa, batahqiq, kofir bo‘ladi. Kim Alloh O‘zini vasf qilgan narsani inkor qilsa, batahqiq, kofir bo‘ladi. Alloh va U zotning rasuli U zotni vasf qilgan narsada o‘xshatish yo‘q. Kim Alloh taolo uchun ochiq-oydin oyatlar va sahih xabarlarda kelgan narsalarni Allohning jaloliga loyiq ravishda sobit qilsa va Allohdan nuqsonlarni qaytarsa, batahqiq, hidoyat yo‘liga yurgan bo‘ladi». Avval ta’kidlab o‘tganimizdek, bu ma’noda salaf-o‘tgan musulmon avlodlar va ulamolarning tutgan yo‘llari bor narsani o‘zicha qabul qilish, boshqa narsa haqida o‘ylab ham o‘tirmaslik bo‘lgan. Buning misolini «Arshga istivo» masalasi nomi bilan mashhur masalada ko‘rishimiz mumkin. Bu haqdagi oyati karimalarda «Alal Arshi istava» birikmasi Alloh taologa nisbatan ishlatiladi. Agar matnni so‘zma-so‘z tarjima qiladigan bo‘lsak, Alloh Arshga barobarlashdi ma’nosi chiqadi. O‘tgan avlodlarda bu ma’noni Allohning O‘ziga havola qilamiz, bu haqda so‘z ochmaymiz, deb kelishilgan. Chunki u vaqtda hamma yaxshi tushunchaga ega bo‘lgan, sodda hayot kechirishgan va turli fitnalarga duchor bo‘lishmagan. Shu bilan birga ushbu masalani ko‘tarib turadigan ba’zi shaxslar ham topilgan. Lekin ko‘pchilik ularni fitnachi, deb nomlab o‘z fikrlarini tarqatishlariga yo‘l qo‘ymagan. Shu bilan musulmonlar ommasi tinch-omon yurgan.Bu masalada Imom Molik rahmatullohi alayhning tutgan mavqiflari hammaning tahsiniga sazovor bo‘lgan. Rivoyatlarda kelishicha, bir kishi imom Molik rahmatullohi alayhning huzurlariga kirib istivo haqida so‘ragan ekan. Shunda imom Molik: «Istivo ma’lum. Uning qandoqligi noma’lum. Unga iymon keltirish vojib. Uning haqida savol berish bid’at. Sen bid’atchi ekansan! Chiqaringlar, buni, mening oldimdan!» degan ekanlar.Salafi solihlarimiz shu yo‘l bilan Alloh subhanahu va taoloning pokligi, o‘xshashi yo‘qligi va boshqa barcha kamolot sifatlariga bo‘lgan to‘g‘ri e’tiqodni saqlab turishgan.Vaqt o‘tishi bilan Islom davlati hududlari kengayib, turli xalq, din, falsafa va mafkuraga ega odamlar ham Islomni qabul qilishdi yoki musulmonlar bilan aralashib yashay boshlashdi. Tabiiyki, ular o‘zlarining eski fikr va tasavvurlaridan birdan va to‘la uzilib chiqa olmas edilar. Shu bilan bir vaqtda Islom dushmanlari ham doimiy ravishda turli ig‘volar qilib turishar edi. Ular musulmonlarning aqiydalariga futur etkazish maqsadida turli shubhali masalalarni g‘oyat ustalik ila o‘rtaga tashlashar edilar. Ana shundoq masalalarning eng kattalaridan biri, Alloh taoloning sifatlariga oid oyat va hadislarning zohiriy ma’nolarini misol qilib musulmonlar aqiydasiga zarar etkazishga urinish bo‘ldi. Allohning qo‘li, ko‘zi yoki boshqa U pok zotga nisbat berilgan sifatlari ta’rifida fitna qo‘zg‘ab kishilarni ko‘plab zalolatga ketkazish boshlandi. Anchagina toifalar bu masalada kufr ketdilar.Endi salafi solihlarga va imom Molikka o‘xshab, bu masalada savol berish bid’atdir, deb fatvo chiqarish ish bermaydigan holga keldi. Balki, shunga o‘xshash masalada savol so‘ramaydigan odamning o‘zi qolmadi. Ana shundoq nozik bir paytda Abul Hasan al-Ash’ariy va Abu Mansur al-Moturudiy kabi buyuk allomalar aqiydaning sofligini saqlab qolish uchun katta xizmat qildilar. Boshqa nozik masalalar qatori Alloh taoloning sifatlariga oid masalada ham hal qiluvchi echim topdilar. Buzg‘unchilar, Allohning Arshga istivo qilishi, unga barobarlashishidir, degan bo‘lsalar, xalaflar, ya’ni-keyingi ulamolarimiz, yo‘q, unda Allohga nuqson nisbati berilgan bo‘ladi, shuning uchun istivoni Alloh taoloning boshqa barkamol sifatlariga mos ravishda tushunmoq kerak dedilar. Shu tariqa istivo-quvvat va sulton ila ega bo‘lmoqdir, degan ta’vil qilindi. Bunda ham xuddi salafi solihlarga o‘xshab Alloh taoloni turli nuqsonlardan poklash qasd qilingandir.Ham salaf, ham xalaf ulamolarimizning maqsadlari bir bo‘lgan. Faqat maqsadga etish uchun o‘z zamonlariga va sharoitlariga mos yo‘l tutishgan, xolos. Siz bilan bizlar ham bu masalada juda ehtiyot bo‘lib, ixtilof qilmay ish tutmog‘imiz lozim.Bu borada ayniqsa, imom Abul Hasan al-Ash’ariyning tutgan yo‘llarini alohida ta’kidlab o‘tmoq zarur deb bilamiz. U kishi o‘zlarining «al-Ibona» va boshqa dastlabki kitoblarida salaf ulamolari yo‘lini tutgan bo‘lsalar, «al-Lama’» kabi keyingi kitoblarida xalaf ulamolari yo‘lini tutganlar. Sharoit shuni taqozo qilgan. Ushbu holatdan Abul Hasan al-Ash’ariy rahmatullohi alayh Alloh taoloning sifatlari haqidagi masalada salaf ulamolari yo‘lidan xalaf ulamolari yo‘liga o‘tish halqasi bo‘lgan deyishimiz mumkin. ALLOHNING SIFATLARI VA XALAFLARXalaflar deganidan keyin kelganlar ma’nosi anglanadi. Xalaf ulamolarining Alloh taoloning sifatlari bo‘yicha qilgan asosiy ishlari, turlicha tushunish mumkin bo‘lgan matnlarni Alloh taoloning ayblardan pokligini anglatuvchi bir xil tushunchadan boshqaga burib bo‘lmaydigan matnlar anglatadigan ma’noga moslab ta’vil qilish bo‘lgan.Ahli Sunna va jamoaning xalaf ulamolari bu yo‘lni tutishga «mushabbiha», «mu’attila» va «mujassima» deb atalgan toifalarning buzg‘unchi fikrlaridan musulmonlar ommasini saqlash uchun majbur bo‘lganlar.«Mushabbiha»lar Alloh taoloning sifatlarini maxluqotlarning sifatlariga o‘xshatishni o‘zlariga ep ko‘rgan nobakorlardir.«Mu’attila»lar Alloh taoloning O‘zi yoki U zotning payg‘ambari alayhissalom zikr qilgan sifatlarini manfiy qilgan nobakorlardir.«Mujassima»lar Alloh taologa jism nisbatini bergan nobakorlardir.Ahli Sunna va jamoaning xalaf ulamolari oyatda zikr qilingan qo‘lni quvvat va karam deb ta’vil qilishgan. Ko‘zni inoyat va rioyat deb ta’vil qilishgan. Shuningdek, hadisi sharifda «Qalblar Rahmonning panjalaridan ikki panja orasidadir» deb kelgan «ikki panja»ni iroda va qudrat deb ta’viyl qilishgan. Bir hadisda «Albatta, Alloh Odamni o‘z suvratida yaratgandir, deb kelgan. Buni sirtdan ma’no bergan kishilar, Odamning Allohning suvratida yaratilgan ekanligini anglaydi. Ammo xalaf ulamolar buni «Alloh Odamni o‘ziga xos suvratda yaratdi» degan ma’noga moslab ta’vil qilganlar. Bunda Alloh Odamni xalq qilgan vaqtda uni o‘ziga xos suvratda yaratgan, u davr o‘tishi bilan o‘zgarib qolmagan, degan ma’no chiqadi.Xuddi shu hadisning ma’nosini anglatuvchi boshqa bir hadisda kelgan, «Albatta, Alloh Odamni Rahmonning suvratida yaratgandir» degan ma’noni xalaf ulamolari «Rahmonning sifatida yaratgandir» deb ta’vil qilganlar. Arab tilida suvrat sifat ma’nosini ham anglatadi. Ana shunda Alloh taolo Odamni yaratganda uni ilm va idrok kabi O‘zida bor sifatlar bilan qo‘shib yaratgan ma’nosi chiqadi.Shu erda xalaf ulamolari Alloh taoloning sifatlari haqida kelgan oyat va hadislarni ta’vil qilishda havoyi nafslariga qarab emas, arab tili qoidalariga va eng muhimi, diniy ta’limotlar asosiga qarab ish olib borganlarini ta’kidlashimiz lozim.Yana bir bor ta’kidlaymizki, salafning mazhabi o‘z vaqtida to‘g‘ri va afzal bo‘lgan. Xalafning mazhabini sharoit taqozosi majbur qilgan. Ikkisining maqsadi ham Alloh taoloni ayblardan va O‘ziga mos bo‘lmagan sifatlardan poklash bo‘lgan.
3 May 2022, 00:10 | Savol-javoblar | 167 | Aqiyda