Qazolarim bo‘lganida tahajjud namozini o‘qish

Assalomu alaykum! Menda ko‘p yillik qazo namozlarim bor. Bir savolga berilgan javoblaringizda qazo namozlari bo‘lsa avval shu qazolarni o‘qish kerak degan ekansizlar. Shunda menda savol paydo bo‘ldi agar tahajjud o‘qiladigan payt qazo namozlarimni o‘qisam tahajjud namozi o‘qigan hisoblanamanmi? Vitr namozini ham qazolarimdan keyin o‘qiymi yoki bunday xolatda xuftondan keyin o‘qib olaymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahajjudga turganingizda qazolaringizni o‘qisangiz qazo o‘qigan bilan birga kechani namozda o‘tkazgan savobini ham olasiz. Vitrni imkon boricha oxiri o‘qing. Vallohu a’lam!

3 May 2022, 12:31 | Savol-javoblar | 170 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar