Shohruh ismi haqida
Assalomu Alaykum Xazrat! Xozirgi kunda, alxamdulillox ikkita ugil va bitta kiz farzandlarim bor. Birinchisini ismi Shoxrux, ikkinchisiniki Abdullox, uchinchisi Mubina. 1994 yilda katta uglim tugilganida, men ota-onamdan ugilni ismini nima dub kuyay deb suraganimda, ular uzingni ixtiyoringa topshirdik, xoxlagan isimni kuy deb izn berishdi. Shunda kaynotam, balki ismini Shoxrux deb kuyarsizlar deb, tagin uzlaringiz bilasizlar dedi. Men uylab kurib, soxibkiron Amir Temurning ugli Shoxruxni esladim va shunday odam uglini shunday deb atabdi, xamda Amir Temur farzandlari ichida eng Xudojuy ugli Shoxrux bulgan degan ma’lumotni tarixiy manbada ukiganman. Xattoki, rus tilidagi tarixiy manbada "Nabojnыy Shoxrux", ya’ni "Xudojuy Shoxrux" iboralarini ukiganman. Shularni uylab, ayniksa Xudojuyligini e’tiborga olib, maylin, Amir Temur ugliga uxshab Xudojuy bulakolsin deb, ismini Shoxrux deb kuydim. Yakinda, bir akika marosimida, amru ma’ruf kilãtgan domla bir kator ismlarni musulmon odam kuyib bulmaydi, oxiratda javob berishga tugri keladi deb taykidlab utdi. Shulardan birini Shoxrux dedi va bu ism ruxlarni shoxi ma’nosini bildiradi, aslida esa ruxlarni shoxi Olloxdir dedi. Shu kundan boshlab shu narsa esimga tushsa kunglim gash. Axir shunga uxshash ismlar kupku, masalan Bobur va Sherali Juraevning Shoxijaxon ugillari, va xokazo. Keyin, bunday ismlar tarixdagi kuzga kuringan, musulmon bulgan shaxslar ism kuyishgan. Bundan tashkari usha davrdagi mujtaxid ulamolar bu xakda gapirmaganmilar? Xullas, yukoridagi xolatlar meni tashvishga solyapti, xozirgi kunda Shoxrux uglim 12 yoshda, uni ismini agar uzgartiradigan bulsam, amalda bu jarãn juda kiyin kechadi. Shunga, Olloxdan yordam suragan xolda, Sizdan iltimos kilib surayman, "uglimni ismini uzgartirishim kerakmi? yoki bu xakda nima fikr bildirasiz va maslaxat bera olasiz?" Iltimos, xatimga yordamchilaringiz emas, balki iloji bulsa shaxsan uzingiz javob bersangiz. Sizni bezovta kilib vaktingizni olganim uchun uzr surayman, oldindan tashakkur va minnatdorchilik bildirgan xolda Xurmat va extirom bilan Sizni doimiy muxlisingiz Murod.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Avvalo mening bu ishda yordamchilarim yo‘q. Xayolingizga kelgan narsani haqiqatga aylantirib olmang. O‘tgan zamonlarda hamma ish shariatga to‘g‘ri bo‘lgan degan xayol ham noto‘g‘ri. Odamlarning qilganiga qarab emas, shariatning ko‘rsatmasiga binoan ish qilinadi. O‘sha ma’ruzasini eshitgan domlaga borib yana ta’kidlab so‘rang. Isbot qilib bersa, keyin ish o‘zingizga havola bo‘ladi.
20 Апрел 2022, 19:28 | Савол-жавоблар | 238 | Dolzarb savollar