Ismga qo‘shimcha qo‘shish

Assalomu alaykum! Aziz ustozlar, egizak farzand ko‘rganman va ularga Muhammad va Mustafo deb ism berganman. Yaqinda ukam bilan Muxammadning ismi to‘g‘risida gap talashib qoldik. Ukam sizlar Muxammadning oldiga bir qo‘shimcha qo‘yib chaqirishing kerak. Chunki Muxammad bu paygambarimizning ismlari. Sen Muxammad Ali, Muxammad Yusuf yoki shunga o‘xshash qo‘shimcha ism bilan chaqir dedi. Men bu to‘g‘risida xech eshitmagan ekanman. Men Muxammad deb chaqira olmaymanmi? Yoki ukamning fikri xatomi? Oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ukangizni fikri xato. Vallohu a’lam!

27 Апрел 2022, 10:02 | Савол-жавоблар | 148 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar