Murtadlikning hukmi qanday?
Islom dinidan boshqa dinga o‘tgan shaxsning hukmi nima? Qur’onning qaysi oyati bilan sobit bo‘lgan?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Murtadning hukmi og‘ir. murtad bo‘lgan kimsaning hukmi bundan mustasno. Qasddan murtad bo‘lgan odam shar’iy hukmga binoan o‘ldiriladi, lekin u kofir holida ketadi. Bu bilan uning kofirlik gunohi yuvilmaydi. Chunki Alloh taolo Qur’onda shirkni kechirmasligini qat’iy aytib qo‘ygan. Murtad – diyndan qaytgan kishining merosi haqidagi hukmni ham kofir bilan musulmon orasidagi meros hukmiga qo‘shganlar. Chunki murtad Islomdan chiqishi bilan bosh¬qa diyndagi kishiga aylanadi. U musulmon qarindoshlaridan meros ololmaydi. Islom hukmiga binoan, murtadga tayin qilingan hukm ijrosidan keyin uning mol-mulki Baytulmolga topshiriladi Alloh taolo: «Va sizdan kim dinidan murtad bo‘lib, kofir holida o‘lsa, bas, ana o‘shalar, bu dunyo va oxiratda amallari habata bo‘lganlardir. Ana o‘shalar, do‘zax sohiblaridir. Ular anda abadiy qoluvchilardir»-degan. Sharh: Ushbu oyati karimada Alloh dindan qaytib kofir holida o‘lib ketganlarning bu dunyoyu oxiratda amali habata bo‘lishini aytyapti. «Sizdan kimki dindan qaytib, kofir holida o‘lib ketsa, ana o‘shalar bu dunyoyu oxiratda amali habata bo‘lganlardir». Oyatdagi «habata» so‘zini boshqalarga o‘xshab, «behuda bo‘ldi», «botil bo‘ldi» yoki «bekor ketdi» deb tarjima qilinmadi. Chunki bu iboralarning hech qaysisi «habata» so‘zidagi ma’noni to‘liq aks ettira olmaydi. «Habata» so‘zi, aslida, biror hayvonning ko‘p ovqat eganidan qorni shishib yorilib o‘lganini bildiradi. Ya’ni, egan ovqati unga ozuqa bo‘lmay, aksincha, yorilib o‘lishiga sabab bo‘ldi. Dindan qaytgan murtad ham xuddi shunday holga tushadi. Qilgan amallari dindan qaytgani uchun habata bo‘ladi. Musulmon kishi har qanday sharoitda dinini mahkam tutishi kerak. Har qanday azob, har qanday uqubat uni dinidan qaytara olmasligi kerak. Sabr qilsa, oqibati yaxshi bo‘ladi: yoki shahid bo‘lib o‘ladi, yoki nusratga erishadi. Ammo, Alloh ko‘rsatmasin, dindan haqiqatda qaytadigan bo‘lsa, oqibati yomon bo‘ladi: dunyoyu oxiratda amali habata bo‘ladi. Bu dunyoda Islom davlati uni murtad bo‘lganining jazosiga o‘ldiradi, u dunyoda jahannamda abadiy qoladi: «Ana o‘shalar do‘zax egalaridir. Ular unda abadiy qoluvchilardir». Muhaddis ulamolarimiz Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan: «Kim dinini almashtirsa, uni qatl etinglar», degan hadisni rivoyat qilganlar. Chunki aqida masalasi ulug‘ masaladir. Bunda murosasozlik va loqaydlik bo‘lishi mumkin emas. Bugun bir dinni tutib, ertaga boshqa dinga jur’at qilgan kimsaning Islomga keltiradigan zarari cheksizdir. Shuning uchun murtadga nisbatan Islom shariatida shunday murosasiz hukm chiqarilgan. Islom dinidan qaytib, boshqa dinga kirish-murtad bo‘lishdir. Bu ish tengi yo‘q katta gunohdir. Bugungi kunda o‘zi musulmon bo‘lib turib, xristian, budda, krishna va boshqa turli din va buzuq mazhablarga kirayotganlar murtadlardir. Oyati karima aytishicha, ana o‘sha murtadlarning ikki dunyoda qilgan amallari habata bo‘ladi. Ya’ni, behuda ketadi. Ular do‘zaxga kirib, o‘sha erda abadiy qolurlar. Bu tengi yo‘q ulkan azobdir. Hozirgi kunimizda bu ishni qilayotganlar bu haqiqatni bilib qo‘yishlari kerak. Bilganlar ularga tushuntirishlari kerak. Umuman, barcha boshqa Islom hukmlari kabi murtadlik hukmini ham barcha mo‘min-musulmonlar bilmog‘i shart.
28 Апрел 2022, 04:29 | Савол-жавоблар | 184 | Turli savollar