“Muqaddas oylar va mustajob duolar” kitobi

Assalomu alaykum Xazrat.Men farzandlarimga ba’zi Qur’oniy duolar, Payg‘ambarimiz (S.A.V) qilgan duolar, Ismi A’zam duolari…. Fazilarli balo-qazolardan asrashi uchun Ollohga iltijo qilib o’qiladigan duolardan Rasuli akram(s.a.v)ga salovatlar yod olishlari uchun “Muqaddas oylar va mustajob duolar” kitobiga (“Movorounnaxr” nashriyoti Toshkent-2005. O’zbekiston Musulmonlar idorasi tomonidan chop etilgan) murojaat etgan edim. U kitobning 1-varag‘ida “To’ldirilgan va to’g‘rilangan qayta nashr” degan jumla yozib qo’yilgan ekan.Ustoz meni to’g‘ri tushunasiz deb o’ylayman. Men bu kitobni tanqid qilish niyatim ham, haqqim ham yo’q. tanqidchilikka da’voim ham yo’q. lekin sizdan ba’zi savollarimga javob olish maqsadida murojaat qilyapman. O’zim ham “Qur’on”ni juda ravon, tez qiroat qiladigan darajaga etmagan bo’lsamda, tajvid ilmidan ustoz ko’rib Olloh qodir qilgancha ilm olganim uchun ba’zi hatolarni ko’rganday bo’lyapman. Ya’ni duolar arab alifbosida va tagidan kiril alifbosida berilgan. Arab alifbosida bosilgan duolarni o’zida ham xarakatlar ba’zan nnoto’g‘I qo’yilganday ya’ni ko’pincha “a” va “i” o’rinlari adashtirib qo’yilgan. Kiril xarfiga o’girib yozilganda yanglishmovchiliklar ko’p emasmi?Bu kitobni siz albatta o’qigansiz, kamchiligu yutuqlarini bekamuko’st ko’rgansiz. Shuning uchun va yana bu murojaat tarmog‘ida arab alifbosida yozib bo’lmaganligi sababli biror misol keltira olmayapman. Men arab alifbosida bosilgan duolarni o’qib o’zim ilmim etgan darajada kiril xarfiga o’girib 2-alif, 4-alif, 6-alif cho’zish kerak bo’lgan joylarida biror belgi berib, o’girish jarayonida idg‘om, ixfo, g‘unna….. qoidalarini bilishmaganlari sababli, belgilar qo’ymasdan, o’qiladiganday qilib o’girib bersam hato qilgan bo’lmaymanmi? Chunki kitobda “Ushbu asar O’zbekiston Mualliflik Huquqini Himoya Qilish Respublika Agentligida 1639raqami bilan ro’yhatdan o’tgan. Uni tarjimon ruhsatisiz nashr etish, boshqa tillarga tarjima qilish, nusxa olsih, ko’paytirish, tarqatish, sotish qonun yo’li bilan taqiqlanadi va Agentlik tomonidan muhofaza qilinadi” deb yozilgan.Ustoz sizni biror ijod mahsullaringiz bormi, bu borada bizga yordamchi bo’la oladigan. Bizga qaysilarini tavsiya eta olasiz. Sizni beminnat va bebaho maslahatlaringizni muhtojlik va yuksak ishonch bilan kutuvchi, siz bilan bir davrda yashayotganlari uchun Ollohga har nafasda hamdlar aytguvchi shogirlaringiz.Ollohdan ikki dunyo saodatini, ofiyatini, mag‘firatini tilaymiz.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mazkur kitobni men o‘qiganim yo‘q. Chunki, siz qilgan mulohazalarga o‘xshashlarni qilganlarni ko‘p eshitib, o‘qishga arzimasligini bilganman. Menning kitoblarimdan “Hadis va Hayot”ning “Zikrlar, duolar, istig‘for va tavba” kitobida ishonchli hadislar asosidagi duolar kelgan.

20 Апрел 2022, 19:04 | Савол-жавоблар | 546
|
Boshqa savol-javoblar