Ish yurishi
Assalomu alaykum!Ishim yurishi uchun suvga dam solib sepishim yo ichishim uchun qaysi suralarni uqisam buladi iltimos javob bersangiz oldindan raxmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Ishni yurishtirishi uchun o‘qiladigan muayyan oyat yoki duo yo‘q. Istig‘forni ko‘paytiring va taqvo qiling. Taqvoda va so‘rashda bardavom bo‘lib tursangiz Alloh taolo bir yo‘lini ko‘rsatadi. Alloh taolo “Taloq” surasida marhamat qiladi : وَمَن يَتَّقِ اللَّهَ يَجْعَل لَّهُ مَخْرَجًا وَيَرْزُقْهُ مِنْ حَيْثُ لَا يَحْتَسِبُ وَمَن يَتَوَكَّلْ عَلَى اللَّهِ فَهُوَ حَسْبُهُ إِنَّ اللَّهَ بَالِغُ أَمْرِهِ قَدْ جَعَلَ اللَّهُ لِكُلِّ شَيْءٍ قَدْرًا Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir. 3. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur. Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, unga U Zotning O‘zi kifoyadir. Albatta, Alloh O‘z ishini etkazuvchidir. Batahqiq, Alloh har bir narsaga o‘lchov qilib qo‘ygandir. Kim Allohga taqvo qilsa, uning yo‘lini ochib qo‘yadir. Va unga o‘zi o‘ylamagan tarafdan rizq berur». Ya’ni kim Alloh taoloning buyurganini qilib, qaytarganidan qaytsa, bu dunyo va u dunyoning qiyinchiliklaridan chiqadigan yo‘lni Allohning O‘zi ko‘rsatib qo‘yadi. Taqvodor shaxsning mushkulini doimo Allohning O‘zi engil qilib turadi. Shu bilan birga, unga o‘zi o‘ylab, xayoliga kelmagan tomondan rizqu ro‘z etkazib beradi. Odatda, kishilar rizqu ro‘zim serob bo‘lsin, degan maqsadda taqvodan voz kechadilar. Bu esa aksincha natijaga olib keladi. Ushbu oyati karimaning ma’nosidan kelib chiqadigan qoidaga binoan, taqvodorlik qiyinchiliklarning osonlashishi va rizqning o‘ylamagan tarafdan kelishiga sabab bo‘ladi. Yuqorida zikr etilgan ishlarda hiyla-nayrang ko‘p ishlatiladi. Hiyladan qo‘rqishning o‘zi yangi hiylaga olib boradi. Shuning uchun Qur’oni Karim musulmonlarni Allohga tavakkul qilishga undab, «Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, unga U Zotning O‘zi kifoyadir. Albatta, Alloh O‘z ishini etkazuvchidir. Batahqiq, Alloh har bir narsaga o‘lchov qilib qo‘ygandir», – deydi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu «Qur’ondagi eng katta umidbaxsh oyat, ushbu «va man yattaqillaha yaj’al lahuu maxrojan va yarzuqhu min haysu laa yahtasib» degan ekanlar. Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan hadisi sharifda Nabiy alayhissalom: «Albatta, banda qilgan gunohi tufayli rizqdan mahrum bo‘ladi. Qadarni duodan o‘zga hech narsa rad qila olmaydi, umrni yaxshilikdan o‘zga hech narsa ziyoda qila olmaydi», – deganlar. «Kim Allohga tavakkul qilsa, bas, unga U Zotning O‘zi kifoyadir» jumlasining tafsiriga ulamolarimiz quyidagi hadisni keltiradilar. Nabiy alayhissalom Abdulloh ibn Mas’udga qilgan nasihatlarida jumladan: «...Va bilki, agar ummatning barchasi yig‘ilib, senga manfaat etkazmoqchi bo‘lsalar ham, Alloh sen uchun taqdir qilib qo‘ygan narsadan o‘zga hech bir narsa qila olmaydilar. Agar senga zarar etkazish uchun to‘plansalar ham, Alloh sen uchun taqdir qilib qo‘ygan narsadan o‘zga hech bir narsa qila olmaydilar», – deganlar. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Vallohu a’lam!
20 Апрел 2022, 20:20 | Савол-жавоблар | 176 | Dolzarb savollar