Uy ijarasidan zakot

Assalomu alaykum! Bizni 2 ta uyimiz bor. Birida o‘zimiz yashaymiz, ikkinchisida esa ijarachilar yashashadi. Biz zakotni qanday amalga oshirishimiz kerak? Bir yillik ijara haqini hisoblab nisobga etsa shundan zakot beramizmi yoki shu uyimizning tan narxidan zakot chiqaramizmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat. Alloh hammamizdan rozi bo‘lsin In shaa Alloh
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Uyni sotib olishda nima niyat bilan olingan? Agar tijoriy, ya’ni sotish maqsadida olingan bo‘lsa uyning qiymatidan chiqarasiz. Faqat ijaraga berib, vaqti kelganida o‘zlaringiz foydalanish uchun  sotib olingan bo‘lsa unda umumiy pulingiz nisobga etsa ijaraning pulini ham qo‘shib, o‘shandan chiqarasizlar. Vallohu a’lam!

4 May 2022, 11:19 | Savol-javoblar | 146 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar