Meros halol bo‘ldimi?
Assalomu alaykum! Bir tanish akaning kasalmand, qari xolalari bo‘lgan. Turmush qurmagan va farzandi yo‘q edi. Asosan shu aka va uning aka-ukalari parvarish qilardi. Xolalarining alohida hovlisi bo‘lib, u ayol vafot etgach (ayolning ota-onasi xam yo‘q edi, uyni hech kimga vasiyat qilmagan), hovlida ko‘p parvarish qilgan shu tanishimiz yashay boshlagan. Lekin bundan norozi tog‘alar (ayolning aka-ukasi) talashib oraga katta sovuqchilik tushdi. Hozir shu tanishimiz ham, tog‘alari ham vafot etishdi. Hovli tanishimizning farzandlariga o‘tdi. Shu ish to‘g‘rimi? Shu hovlida kimning haqlari bor? Agar halol bo‘lmasa endi nima qilish kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Agar ayol tirikligida uni parvarish qilganlarga hadya qilib topshirgan bo‘lsa va ular uni qabul qilib olgan bo‘lishsa o‘shalarniki bo‘ladi. Uning surati, ayol uyidan tashqariga chiqib “Mana shu uy mendan senlarga hadya. Qabul qilib ol” desa “Xo‘p” deb qabul qilib olishsa, ularning mulkiga o‘tadi. Agar “men vafotimdan keyin sizlarga” desa bu vasiyat bo‘ladi, merosxo‘rlar qiymatining uchdan biridan shu vasiyatni ado etadilar, qolgan uchdan ikki qismi merosxo‘rlariga bo‘ladi. Ayol vafot topganida eri ham, ota-onasi ham, farzandlari ham bo‘lmagan holatda uning merosxo‘rlari aka-uka, opa-singillari bo‘ladi. Ikki hissa erkaklarga va bir hissadan ayollar beriladi. Vallohu a’lam!
5 May 2022, 01:18 | Savol-javoblar | 171 | Turli savollar