Mehnat qilish ham savobmi?

Assalomu alaykum! Mehnat qilish ham savobmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Musulmonni har bir qilgan amali, so‘zi ibodat darajasiga ko‘tarilishi mumkin. Buning uchun u narsa Allohning roziligi uchun qilinishi va shariatga muvofiq bo‘lishi kerak. Oddiy misol ayol kishi  ertamandan kechgacha yuvish, supir sidir, taom tayyorlash ishlariga mashg‘ul bo‘ladi. Agar har birida Allohning roziligi uchun qilaman degan nikt paydo bo‘lsa, har bir harkatiga uzluksiz savob oladi. Yuvgan kiriga ham pishirgan taomiga ham hatto idishini tozalab yuvib qo‘ysa ham. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 08:06 | Savol-javoblar | 150 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar