Bir imom sabboba xarom dedi
Assalomu alaykum! Bir sobiq imom Fiqxul Kaydoniy kitobida Sabboba ishorasini xarom amal deb yozilgan va yana o‘tmishdagi bazi ulamolar nomini keltirib ular xam xaromligiga ittifoq qilishgan dedi. Umuman sabboba ishorasini qilish yoki qilmaslik xukmi va qilish va qilmaslik qay biri afzalligi xaqida tushuntirib bersangiz. Fiqhul Kaydoniy shunaqa e’tiborli kitobmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! U kitobning sohibi o‘ta qo‘pol xato qilgan. Haromligiga ulamolar ittifoq qilgan degan domla undanda battar og‘ir xato qilibdi. Ishorai sabbobaning sunnatligi haqida zarracha ham shak-shubha yo‘q. Imom Muhammad “Muvatto” kitoblarida ishorai sabboba to‘g‘risidagi hadisni keltirib “Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning ishora qilishlari biz ham olamiz va bu Abu Hanifa rahmatullohi alayhning qavlidir” deb ochiq-oydin aytganlar. Vallohu a’lam!
9 May 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 166 | Namoz