Hayvonlarni davolash
Assalomu alaykum! Hayvonlarning kesilgan eriga siydik qo‘ysa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Inson tug‘ilganidan to vafot topgunicha imtihonda bo‘ladi. Alloh taolo O‘z rasuli orqali bandalarini nima bilan imtihon qilishini ham bildirgan. O‘sha imtihonlarni mukofat va jazolarini ham bildirgan. Mo‘min odam har qadamda o‘zi duch kelgan narsa to‘g‘risida bu borada Alloh taoloning hukmi nima ekanligi haqida o‘ylaydi. Mo‘min bo‘lmagan yoki iymoni zaif kishilar esa, o‘sha holatda iqtisodiga yoki nafsiga foydali bo‘lgan ishni qilib ketaveradi. Siz bergan savol ham kimlargadir e’tiborsiz va arzimas bo‘lsada, uning ostida Alloh taolo rozi bo‘ladigan va norozi bo‘ladigan hukmi yotadi. Kimdir : “Shuni deb ham dorixonaga borib-kelib yuramanmi” deydi va Alloh taolo harom qilgan ishga qo‘l uradi. Kimdir “Alloh taolo bundan norozi bo‘lsa, molim tugul jonim ham fido bo‘lsin” deydi. Alloh taolo ham mukofot berishda ishni qiyin engilligiga qaramaydi. Uni roziligi iroda qilingan yoki qilinmaganiga qaraydi. Hayvonning siydigi harom hisoblanadi. Undan har qanday holatda ham foydalanish joiz emas. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 13:05 | Savol-javoblar | 126 | Tabobat