Kelajakdagi gunohlar

Assalomu alaykum! Bizni dinimizda shunday amal bormi, ya’ni men shu amalni qilsamu Alloh taalo men kelajakda qiladigan gunohlarimni mag‘firat qilsin?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kelajakda gunohlardan saqlanish uchun Allohga taqvo qiling. Shariatga amal qiling. Alloh buyurgan ishlarni qilib, qaytarganidan tiyiling. Alloh asrasin, agar gunoh ish qilib qo‘ysangiz, tezda tavba tazarru’ qilib, istig‘for ayting. Qaytib bu gunohni qilmaslikka azmu qaror qilib, shu narsada sobit bo‘lib harakat qiling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 10:32 | Savol-javoblar | 156 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar