Toshkent viloyatidagi tabib haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, Toshkent viloyatida bir tabib bor. U kishi oldiga borganlarning ikki qo‘l tomirlarini ushlab ko‘rib, qaeri og‘riyapti, qanaqa kasalligini aytadi. Keyin uch litrli bonkaga maydalangan turli narsalarni (ko‘pchilik giyohlar deyishyapti) kasaliga qarab ba’zilaridan turli miqdorda solib, damlama tayyorlab beradi. Bu damlamadan qancha vaqt, qancha miqdordan ichish kerakligini aytadi. Ushbu tabib sababli davo topganlar ham ko‘pchilik ekan. Meni o‘ylantirgan narsa shuki, bir qarindoshimni olib borgan edik, faqatgina qo‘l tomirlarini ushlab ko‘rib, umurtqasi 4-5 joyidan singanligini to‘g‘ri aytdi. Qarindoshim rostdan ham bir yarim yil avval avtohalokatga uchrab, umurtqasi 5 joyidan singan, operatsiya qilingan. Shu narsani ham tomirni ushlab ko‘rib aniqlash mumkinmikan. Bu tabib payshanba va juma kunlari bemorlarni qabul qilmaydi, sababini bilmaymiz. Oldiga borgan odamlarga folbinlarga xos bo‘lgan ortiqcha gaplarni aytmaydi. Dorini ichib bo‘lgandan keyin doktorga borib tekshirtirish kerakligini ham aytadi. Shu tabibga shubhalanmasdan boraversak bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytgan  tabib avvalda mashhur bo‘lgan Gulmat tabibning o‘g‘li bo‘lsa borsa joiz. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 17:42 | Savol-javoblar | 225 | Tabobat
|
Boshqa savol-javoblar