Juma namozini onlayn o‘qish

Assalomu alaykum! Hozirda koronavirus sababli masjidlarda jamoat namozlari o‘qilmayapti. Rossiyada juma namozini onlayn o‘qish mumkin deyilmoqda. Ya’ni imom 2-3 kishi bilan jamoat bo‘lib juma namozini o‘qiydi, qolganlari uylarida yoki ishxonalarida ularga to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali iqtido qilib o‘qiydi. Shunday qilib o‘qishimiz to‘g‘ri bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bunday qilish mutlaqo to‘g‘ri emas. Namozni durust bo‘lish shartlaridan biri jamoat har qanday holatda imomning holatidan xabardor bo‘lib turishidir. Siz aytgan suratda esa svet o‘chishi bilan u shart topilmay qoladi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 18:41 | Savol-javoblar | 176 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar