Namoz o‘qib bo‘lib salom berish

Assalomu alaykum! Kottalar nomoz o‘qib bo‘lgandan so‘ng o‘zidan kichikka qarab men nomoz o‘qib chiqdim salom bermaysanmi deyishadi. Nomoz o‘qib bo‘lgandan so‘ng nimaga salom beriladi? Shunga oydinlik kiritib bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Dinimizda namoz o‘qib bo‘lgan odam boshqalarga, boshqalar namoz o‘qib bo‘lgan kishiga salom bersin degan gap yo‘q. Birinchi marotaba ko‘rishib turgan bo‘lishsa, salom beraveradi. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 21:22 | Savol-javoblar | 179 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar