Savdo yurishmasa tilovat qilish

Assalomu alaykum! Humatli ustozlar, eshitishimcha Rasululloh sollallohu alayhi vasallam kimning savdosi yurishmasa savdo joyida Qur’on tilovat qilsin degan hadislari bor ekan. Shu sahihmi? Agar shunday hadis bo‘lsa to‘liq ma’lumot bersangizlar iltimos. Javob uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Savdoyim yurishsin deb Qur’on o‘qish, namoz o‘qish va boshqa ibodatlarni qilish joiz emas. Albatta bularning har birini Allohning roziligi uchun qilib, oxirida duo qilishda Allohim shu ibodatlarimni qabul ayli, barakotini xulqimda, oila a’zolarimning xulqida, qilayotgan kasb-korimda ko‘rsatgin va borini ziyoda qilgin deb so‘rash kerak. Vallohu a’lam!

27 Aprel 2022, 23:43 | Savol-javoblar | 206 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar