O‘z onasiga hurmatsizlik qilish

Assalomu alaykum! Yaxshilik ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Bir do‘stim so‘ragan edi: do‘stimning akasini qilmishlarini kechirib yuborishi xaqida, uning akasi oila a’zolariga ancha zulm ko‘rsatgan ekan, do‘stimning otasi yoshligida vafot etgani sababli moddiy tomonlama ancha qiynalib ulg‘ayishgan. Eng katta akasi balog‘atga etgach oradan yillar o‘tib uylanmagani, oiladagi yo‘qchilik ko‘rgani sababini oilasidan ko‘rib uka-singillariga va onasiga zulm o‘tkazar ekan, xattoki boqishni bilmas ekansan nega buncha ko‘p bola tuqqansan deb (aynan sansirab) onasiga baqirar ekan, shunday kunlar xam bo‘lgan ekanki turli sabablarni ro‘kach qilib onasiga ikki-uch marta qo‘l ko‘targan ekan. Shu yillargacha akasi bir necha bora qamalib chiqibdi, xar safar qamoqdan chiqqach kelib kechirim so‘raydi, kechirganmiz deganimizdan keyin yana eski hunarini boshlar ekan. Do‘stim aytadiki, bizga o‘tkazgan zulmlarini, yani uka-singillarini kuch ishlatib urganlarini kechiraman lekin yoshligimda, 5-6 yasharlik vaqtimda ko‘z oldimda onamni urganini xech unita olmayman, akamni kechirmasligimga xaqqim bormi deya so‘radi. Musulmon aka-ukalar bir-birini kechirishi va kechirimlik bo‘lish kerakligini bilaman desa, akasi esa men musulmonman deydi. Do‘stim akasini onaga qo‘l ko‘targani uchun kechirmasligiga, onasi uchun o‘ch olishga xaqqi bormi yoki akasini kechirib yuborishi va buni qiyomatga qoldirishi, Allohga topshirishi kerakmi? Javobingiz uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Unga jazo qo‘llashning hech qanday hojati yo‘q, chunki shu holatga kelishi u uchun ulkan jazodir. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 08:02 | Savol-javoblar | 180 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar