Kafan haqida

Assalomu alaykum! Kafanga duo yozish mumkinmi?
Bir otin oyiga kafanlik olib borsa arab harflarida duo (nomi «Qiyomatlik» mi Vallohu Alam) yozib berar ekan. Bu ish shariatga muvofiqmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Bu shariatga zid amaldir. Chunki inson ma’lum bir muddatdan keyin chiriydi va qabrning ichi o‘ta darajada badbo‘y holatga keladi. Shariat unday badbo‘y joyga Alloh taoloning ismlari yoki Qur’oni karim oyatlarini qo‘yishdan man’ qilgan. Hattoki najosat bor joyda Alloh taoloni zikr qilish ulkan gunoh hisoblanadi. Ba’zi ulamolar “bunday qilish kufr bo‘ladi” degan gapni ham aytganlar. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:58 | Savol-javoblar | 146 | Aqiyda
|
Boshqa savol-javoblar