Pora berishga kelishib, bermaslik
Assalomu alaykum! Men pedogogika kollejini tamomlaganman. O‘quv vaqtida oraliq nazoratlarni baholarini pul berib qo‘ydirilar edi. Men shu pullarni bir gal bermaganman. “O‘z bilmim bilan topshiraman” deganim uchun menga ataylab hech eshitmagan, men uchun juda qiyin bo‘lgan savollarni berib, izza qilishgan. Men jahl qilib “pora bermaganimga shunday qilyapsiz” dedim. Shu gapim uchun meni har xil bahonalar bilan bitiruv imtihoniga ham qo‘yishmadi. U vaqt shu pulni berishga sharoitim yo‘q edi. Keyinchalik kollej direktoriga uchrab diplomimni berishini so‘rasam, kattaroq summa so‘radi. Noiloj rozi bo‘ldim. Ammo diplomni ovolib pulni bermadim. Men pulni bermasam gunohkor bo‘lmaymanmi? Ustozlar xatni cho‘zib yuborganim uchun kechiringlar. Shunday "o‘qituvchilarga" insof tilab duo qilinglar . Oldindan katta rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Haqiqatan diplomga loyiq bo‘lib bermasangiz, gunohkor bo‘lmaysiz. Loyiq bo‘lmasangiz porani berishingiz ham, diplom olishingiz ham joiz emas. Vallohu a’lam.
26 May 2022, 15:12 | Savol-javoblar | 136 | Turli savollar