O‘zi bilmasdan dindan chiqish

Assalomu alaykum! 1. O‘zi bilmasdan dindan chiqib qolish mumkinmi? 2. Biz qurilishda ishlaymiz, bir ishni qilayotgan edik sherigim besabrlik qilib "tezroq bo‘l" dedi men esa sabr qilib turing ma’mosida "as-sobr" dedim. Sherigim so‘radi "nima degani bu", "as-sobr" Allohning ismlaridan biri ekanligini bilmasdan faqat sabr qilish ma’nosi deb o‘ylab qo‘rslik bilan "qisib tur degani" dedim. Oradan ikki kun o‘tib shu voqea esimga tushib ketdi "as-sobr" Allohning ismlaridan emasmi deb qo‘rqib ketdim, qidirib ko‘rsam shunaqa ekan. Shunda dindan chiqib qolmadimmikin? Ming hijolat bilan bu savolni so‘rayapman, qiynalib qoldim, faqat shu fikr boshimda aylanayapti "dindan chiqib qoldimmi". Endi nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz dindan chiqmagansiz. Alloh taoloning ismlaridan biri bu “as-Sobur”dir. Vallohu a’lam!

20 Sentabr 2022, 23:09 | Savol-javoblar | 132 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar