Juma xutbasi boshlanishi bilan farishtalar
Assalomu alaykum! Bir xadis eshitdim jum’a xutbasi xaqida izlab topolmadim. Imkoni bo‘lsa shu xadis xaqida ma’lumot bersangiz. "Juma xutbasi boshlanishi bilan farishtalar jumaga keluvchilar ro‘yxatini yozishni to‘xatadi" Shunaqa xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنِ اغْتَسَلَ يَوْمَ الْجُمُعَةِ غُسْلَ الْجَنَابَةِ، ثُمَّ رَاحَ فِي السَّاعَةِ الْأُولَى فَكَأَنَّمَا قَرَّبَ بَدَنَةً، وَمَنْ رَاحَ فِي السَّاعَةِ الثَّانِيَةِ فَكَأَنَّمَا قَرَّبَ بَقَرَةً، وَمَنْ رَاحَ فِي السَّاعَةِ الثَّالِثَةِ فَكَأَنَّمَا قَرَّبَ كَبْشًا أَقْرَنَ، وَمَنْ رَاحَ فِي السَّاعَةِ الرَّابِعَةِ فَكَأَنَّمَا قَرَّبَ دَجَاجَةً، وَمَنْ رَاحَ فِي السَّاعَةِ الْخَامِسَةِ فَكَأَنَّمَا قَرَّبَ بَيْضَةً، فَإِذَا خَرَجَ الْإِمَامُ حَضَرَتِ الْمَلَائِكَةُ يَسْتَمِعُونَ الذِّكْرَ .رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim Jum’a kuni junublikning g‘uslini qilsa, so‘ngra birinchi soatda borsa, xuddi tuyani qurbonlik qilgandek bo‘ladi. Kim ikkinchi soatda borsa, xuddi qoramolni qurbonlik qilgandek bo‘ladi. Kim uchinchi soatda borsa, xuddi shoxli qo‘chqorni qurbonlik qilgandek bo‘ladi. Kim to‘rtinchi soatda borsa, xuddi tovuq qurbonlik qilgandek bo‘ladi. Kim beshinchi soatda borsa, xuddi tuxum qurbonlik qilgandek bo‘ladi. Imom (xutbaga) chiqqanda, farishtalar zikr tinglashga hozir bo‘lurlar», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Ushbu hadisi sharifda Juma namozi uchun g‘usl qilish va unga erta borish qanchalik savobli ish ekani ajoyib uslub bilan bayon qilinmoqda.
«Junublikning g‘uslini qilsa» deyilgani, junublikdan qandoq qilib g‘usl qilsa, Juma uchun ham shundoq niyat va amallar bilan g‘usl qilish lozimligi tushuniladi.
Hadisi sharifdagi «soat»dan ulamolarimiz falakiy soatlarni tushunganlar.
Demak, Juma kunining tongidan to Juma namozi vaqti kirguncha bo‘lgan soatlarning avvalgisida borganlar xuddi tuya so‘yib, xayru ehson qilgan kishining savobini oladi. Keyingi soatlarda borganlar uchun esa beriladigan savobning hajmi kichrayib boraveradi.
Hadisi sharifning oxirida Juma kuni va namozining yana bir ulkan fazli – imom xutbaga chiqqanida uni tinglash uchun farishtalar hozir bo‘lishi haqida so‘z bormoqda.
Demak, Juma namoziga nafaqat musulmon bandalar, balki, farishtalar ham qatnashar ekan. Albatta, bundoq jamoat eng xayrli, eng barakali, eng fayzli jamoat bo‘ladi. Bundoq jamoatga yuvinib-taranmay yaxshi kiyimlarini kiymay, xushbo‘y narsalar sepmay borib bo‘lmaydi. Bundoq jamoatga qancha erta borsa, shuncha yaxshi. Unga hech kech qolib bo‘lmaydi. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
4 Oktabr 2023, 11:02 | Savol-javoblar | 0 | Hadislar