Mash
Assalomu alaykum! Masx tortish mavzusida juda ko‘p uqib chiqdim va tushunganlarimni umulashtirib quyidagi hulosaga keldim. Maxsiga masx tortish haqida tortishuv, tushunmovchilik yo‘q ekan. Ammo savolim bugungi kun aksar holat zamonaviy paypoq hamda oyoq kiyimlari haqida yani tufli botinkalar(etik, sapojka polusapojka emas) va hokazo haqida. Savollar bitta mavzuga tegishli bo‘lgani uchun ularni birgalikda berishga izn bergaysiz. Savolim quyidagicha. 1. Agar tahoratli holatda paypoq kiyib ustidan oyoq kiyimi kiysam va paypoq hamda oyoq kiyimim to‘piqdan yuqorida bo‘lsa tuflimga masx tortsam buladimi? Oyoq kiyimiga masx tortgandan keyin uni echilsa yani faqat namoz o‘qish uchun tahorat sinadimi?2. Agar oyoq kiyimim (tufli, botinka)to‘piqdan pastda bo‘lib, paypoq to‘piqdan yuqorida bo‘lsachi? Masx tortsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Mash tortiladigan oyoq kiyim tupiqni to‘liq berkitadigan bo‘lishi kerak. Tufliga mash tortish joiz emas. Polsapok ham berkitmaydi. 2). Paypoqqa mash tortish joiz emas. Aslida Qur’onda oyoqni yuvish farz qilingan. Keyinchalik engillik berilib mahsus shartlari topilgan mahsiga mash tortishga ruxsat berilgan. Vallohu a’lam!https://fiqh.uz/maqola/678
3 May 2022, 00:32 | Savol-javoblar | 174 | Tahorat