Aviachipta

Assalomu aleykum xurmatli Shayx Muxammad Sodik Muxammad Yusuf janoblari,Bir muxlisingiz aviachiptaga berilaetgan chegirmalar xalolmi degan savolga, bu chegirmalar konun asosida bulsa, xaridorlar olsa buladi degan javobni bergan ekansiz. Men xam bir muddat aviachiptalar bilan ishlab kurgandim, Milliy Avia Kompaniya bu aviachiptalar sotadigan xususiy shirkatlarga oyni yakunlab xisob kitoblar topshirilgandan sung, bir oy davomida jami sotilgan chiptalardan 5 foiz mikdorida mukofot puli tulaydi. Bu shirkatlar bu mukofot pulidan solik, ijara, oylik va xokazo talaygina chikimlarni tulashadi. Uzlariga taxminan 2 eki 3 foizi sof foyda bulib koladi, balki undan xam kamrok. Beraetgan 6,7,8 foiz chegirmalarini nakd pulni kuchirma pulga aylantirib olgandagi "daromad"laridan tulashadi.Men xam yakinda aviachipta sotib oldim, menga xam xamma katori chegirma berishdi. Xozirda manzilimga etib olganman, lekin shu chegirma meni uylantirib etibdi.Savol: Men shu berilgan chegirmani nima kilay, uzi rozi bulib sotgan Aviakassaga kaytarib beraymi, eki biror bir muxtojrok oilaga beraymi eki yana boshka narsa kilaymi? Iltimos Xazrat, tugri yulni kursatib yuboring.Avvaldan katta raxmat, xurmat ila muxlisingiz!
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- O‘zlari rozi bo‘lib bergandan keyin sizga halol bo‘ladi. Nima istasangiz o‘shani qilasiz.

3 May 2022, 00:32 | Savol-javoblar | 163 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar