Treyderlik

Assalomu alaykum! Treyderlik orqali ma’lum miqdorda pul ishlab so‘ng o‘sha pulga savdo faoliyatimni yo‘lga qo‘ysamda va keyinchalik treyderlik orqali topgan pul miqdoridagi pulni ehson qilsam shu ishim joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shariatga zid ko‘rinishda treyderlik bilan shug‘ullanish joiz emas. Agar shunday qilsa gunohkor bo‘ladi. Bu gunohni aslo engil sanamang. Gunoh bo‘lsa ham biroz ishlab, pul to‘plab, keyin o‘sha pullarni hallollab olaveraman deb o‘ylamang. Allohdan qo‘rqing. U zot man qilgan ishda baraka bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 09:39 | Savol-javoblar | 184 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar